AQSH yadroviy arsenaliga oid ma’lumotlarni ochiqladi
Olam
−
20 iyul
7510Amerika Qo‘shma Shtatlarining yadroviy arsenalida 2023 yil sentyabr holatiga ko‘ra, 3748 ta jangovar kallak bor edi. Bu haqda bugun, 20 iyul kuni AQSH Yadro xavfsizligi milliy agentligi ma’lum qildi.
“AQSH yadro qurollari zaxirasidagi shaffoflik” deb nomlangan hujjatda aytilishicha, Qo‘shma Shtatlar yadroviy qurollar sonini kamaytirishda davom etmoqda. 1994 yildan 2023 yilgacha Qo‘shma Shtatlar 12 088 ta yadro kallaklarini demontaj qilgan. Bildirilishicha, yana 2000 ga yaqin kallak “xizmatdan chetlashtirilib, demontaj qilinishini kutmoqda”.
Agentlikning ta’kidlashicha, Amerika yadroviy zaxiralari 1967 yildan beri 88 foizga kamaygan. Bundan tashqari, 1991 yil 30 sentyabrdan boshlab strategik bo‘lmagan yadro qurollari soni 90 foizdan ko‘proqqa qisqartirilgan.
Ma’lumot uchun, AQSH qancha yadroviy kallakka ega ekanini oxirgi marta 2021 yil oktyabr oyida e’lon qilgan.
LiveBarchasi