AQSH Venesueladagi barcha uranni talon-toroj qildi
Olam
−
10 may 5545 1 daqiqa
AQSH Venesueladagi eski tadqiqot reaktorida saqlangan barcha boyitilgan uranni mamlakat hududidan olib chiqib ketdi. Bu haqda AQSH Energetika vazirligi bayonotiga tayanib, “The Guardian” xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, gap 13,5 kilogramm boyitilgan uran haqida ketmoqda. Operatsiya AQSH, Buyuk Britaniya va Venesuela hamkorligida amalga oshirilgan. AQSH Energetika vazirligi bu operatsiyani “Amerika, Venesuela va butun dunyo uchun g‘alaba” deb atagan.
Xalqaro atom energiyasi agentligi ma’lum qilishicha, uran “murakkab va o‘ta sezgir operatsiya” doirasida Janubiy Amerikadan Shimoliy Amerikaga quruqlik va dengiz orqali xavfsiz tarzda tashilgan.
Material Venesuela poytaxti Karakasdan taxminan 15 kilometr uzoqlikdagi ob’ektdan olib chiqilgan. Keyinchalik u AQSH Energetika vazirligining Janubiy Karolina shtatidagi majmuasiga yetkazilgan.
AQSH vazirligi bayonotida operatsiya “Prezident Trampning qat’iy yetakchiligi tufayli” amalga oshgani ham ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuelaning muvaqqat prezidenti Delsi Rodriges AQSH hukumatidan mamlakati iqtisodiyotiga zarar yetkazayotgan sanksiyalarni butunlay olib tashlashni so‘ragandi.
Live
Barchasi