AQSH va Yaponiya birgalikda Xitoy va KXDRga qarshi turishga tayyor — Bayden
Olam
−
17 aprel 2021
4982AQSH va Yaponiya Xitoy Xalq Respublikasi va Shimoliy Koreya tomonidan yuzaga keladigan muammolarni birgalikda qabul qilishga tayyor. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden Yaponiya Bosh vaziri Yoshihide Suga bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Suga va Bayden birinchi bor kecha, 16 aprel kuni shaxsan uchrashdi.
Kun tartibida COVID-19 pandemiyasi, mintaqaviy xavfsizlik masalalari, iqlim inqirozi, texnologik siyosat, KXDR bilan bog‘liq vaziyat va Xitoy bilan munosabatlar muhokama qilingan.
"Biz Xitoyning chaqiriqlariga qarshi kurashish hamda Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari, shuningdek Shimoliy Koreya kabi muammolarni hal qilish uchun birgalikda ishlashga tayyormiz", degan AQSH Prezidenti.
Yaponiya Bosh vaziriga ko‘ra, ikkala davlat ham KXDRdan BMT Xavfsizlik Kengashining raketa qurollariga oid qarorlarini bajarilishini talab qilishni mo‘ljallamoqda.
Suga, shuningdek, Baydenga Yaponiya o‘zini o‘zi himoya qilish kuchlarining imkoniyatlarini yaratishini ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va Yaponiya o‘z harbiy ittifoqini yanada samarali qilish masalasini muhokama qiladi.