AQSH va Turkiya Suriya masalasida kelishib oldi
Olam
−
18 Oktabr 2019
4269Turkiya va AQSH Suriya shimoli-sharqidagi “Tinchlik bulog‘i” harbiy operatsiyasini to‘xtatishga kelishib oldi. Bu haqda AQSH vitse-prezidenti Mayk Pens Anqaraga tashrifidan keyin ma’lum qildi.
“Turkiya YPG [kurdlarning Xalq mudofaasi otryadlari] kuchlari xavfsiz hududni tark etishi uchun “Tinchlik bulog‘i” harbiy operatsiyasini to‘xtatadi”, dedi Pens muzokaralardan keyin o‘tkazilgan brifingda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘q uzishni to‘xtatish 120 soat davomida amal qiladi.
“O‘q uzishni to‘xtatish amalga oshgani sababli AQSH Turkiyaga qarshi kelajakda hech qanday sanksiya qo‘llamaydi”, deb ta’kidladi Pens.
Bundan avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp Pens va Davlat kotibi Mayk Pompeoning Anqaraga tashrifi yakunida Turkiyadan qoyilmaqom yangiliklar kelganini, millionlab insonlarning hayoti qutqarilganini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya joriy yilning 9 oktyabr kuni Suriya shimolida “Tinchlik bulog‘i” harbiy operatsiyasini boshladi. Harbiy amaliyot kurd harbiy tuzilmalariga qaratilgan. Biroq mazkur amaliyot Suriyada yangi qochqinlar oqimini yuzaga keltirdi.
Suriya Hukumati Turkiya hujumlarining beshinchi kunida ularga qarshilik ko‘rsatishga qaror qildi. Suriya qo‘shinlari Halabdan shimolroqdagi Manbijga юборилди.
Bundan tashqari, AQSH Turkiyani o‘z maqsadidan voz kechishga ko‘ndirish uchun unga qarshi sanksiyalar joriy qildi.
LiveBarchasi