AQSH va Rossiya o‘rtasida katta mojaro chiqaradigan omil ochiqlandi
Olam
−
19 mart 2022
26364Amerika harbiy xizmatchilari Ukrainadagi urushga jalb etilmaydi, bu Rossiya bilan hech kim istamaydigan keng ko‘lamli mojaroga olib kelishi mumkin. Bu fikrni AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin aytgan.
“Prezident [Jo Bayden] bizning qo‘shinlarimiz Ukrainadagi mojaroda ishtirok etmasligini aniq aytdi”, degan Ostin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada “uchish taqiqlangan hududni joriy etish va saqlash uchun [AQSH] havoda nazoratni qo‘lga kiritishi kerak bo‘lardi va bu, o‘z navbatida, Rossiya samolyotlari bilan ham o‘zaro aloqani anglatadi”.
Bundan tashqari, Pentagon rahbarining so‘zlariga ko‘ra, RFning Ukraina, Rossiya va Belarusdagi havo hujumidan mudofaa tizimlarini ham safdan chiqarishi, yo‘q qilishi, kerak bo‘ladi.
“Shunday qilib, biz Rossiya bilan to‘qnash kelgan bo‘lardik. Gap ikki yadroviy davlat haqida ketyapti. Hech kim ularning mojaroga aralashishini istamaydi. Bu mintaqa va butun dunyo uchun yomon bo‘lardi”, degan u.
Ma’lumot o‘rnida, Bayden Amerika qo‘shinlari Ukrainaga kiritilmasligini bir necha marotaba ta’kidlagan.
LiveBarchasi