AQSH va Rossiya Shveysariyada Ukraina bo‘yicha maxfiy muzokara o‘tkazmoqda – OAV

Olam

image

AQSH va Rossiya rasmiylari so‘nggi oylarda Shveysariyada Ukrainadagi mojaroni muhokama qilish uchun bir qator maxfiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu yashirin uchrashuvlar prezident Jo Bayden davrida boshlangan.

Manbalar muzokaralarda ishtirok etganlarning ismlarini oshkor qilishdan bosh tortgan. Ular faqat bu amaldagi davlat xizmatchilari emas, balki diplomatiya va xavfsizlik sohasida tajribaga ega bo‘lgan shaxslar ekanini ta’kidlagan. “Reuters” xabariga ko‘ra, AQSH Prezidenti Donald Trampning ba’zi maslahatchilari uchrashuvlar haqida ma’lumot egadir.

Nashrning yozishicha, kamida bitta shunday uchrashuv o‘tgan hafta Jenevada, Myunxen xavfsizlik konferensiyasiga parallel ravishda bo‘lib o‘tgan.

Shuningdek, ishtirokchilar diplomatik va xavfsizlik sohasida tajribaga ega bo‘lsalarda, ular hukumat amaldorlari emasligi qo‘shimcha qilingan.

Qayd etilishicha, boshqa ko‘plab tafsilotlar, jumladan, ukrainaliklar ushbu uchrashuvlarda hozir bo‘lgan-bo‘lmagani, uchrashuvlar qachon boshlangani va uchrashuvlar kun tartibida nimalar ko‘zda tutilgani noma’lumligicha qolgan.

Nashrning manbalaridan biri Shveysariya muzokaralarini “ikkinchi yo‘l” munozaralari deb ta’riflagan.
Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi, Ukraina hukumati va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi izoh berish so‘rovlariga javob bermagan.

Ammo Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatda Ukraina mojarosiga aloqador tomonlar o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazilayotganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan Amerika va Rossiya delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar doirasida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov uchrashgandi. Uchrashuv AQSH Prezidenti Donald Trampning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan joriy yilning 12 fevral kuni bo‘lgan muloqotning davomi sifatida tashkil etilgan. Davlat kotibi Rubio bilan birga Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Uolts va Tramp tomonidan ikki tomonlama munosabatlarni qayta tiklash uchun tanlangan maxsus elchi Stiv Uitkoff ham ishtirok etgan. Lavrovga esa Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov hamrohlik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Donal'd Tramp Shveytsariya maxfiy muzokara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing