AQSH va Xitoy o‘rtasidagi ehtimoliy mojaro barcha uchun halokatli bo‘ladi – Blinken 

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Xitoy bilan raqobati mojaroga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik tarafdori. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi. 

“Prezident (Jo) Bayden o‘tgan oy Xitoy rahbari Si Szinpinga shunday degan edi: biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi raqobat ziddiyatga aylanmasligi uchun mas’uliyatni chuqur his qilamiz. Biz bu mas’uliyatni o‘ta jiddiylik bilan o‘z zimmamizga olamiz”, degan Blinken. 

Amerika diplomatiyasi rahbari, aks holda bunday mojaroning oqibatlari “barcha uchun halokatli bo‘lishini” ta’kidlagan. 

So‘nggi paytlarda AQSH Xitoyni Tayvan atrofida harbiy faollikni oshirganlikda ayblamoqda. O‘tgan hafta Oq uy Qo‘shma Shtatlar orol egallab olinishining oldini olish uchun hamma narsa qilishini aytgan. 

Pekin esa Vashingtonni Tayvan mustaqilligi tarafdorlarini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun tanqid qiladi. Qo‘shma Shtatlar birlashgan Xitoy siyosatini rasman tan oladi, lekin Tayvan bilan keng aloqalarni saqlab qoladi. 

Ma’lumot o‘rnida, XXR va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi munosabatlar Donald Tramp prezidentligi davrida, Qo‘shma Shtatlar savdo urushini boshlab, Xitoyning texnologik kompaniyalari, jumladan Huawei va ZTE’ga ortiqcha bosim o‘tkaza boshlaganida keskin yomonlashdi. 

Pekin an’anaviy tarzda Vashingtonning barcha harakatlariga norozilik bildiradi, ayblovlarni rad etadi va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishga chaqiradi. Bayden hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng ham ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda iliqlik alomatlari sezilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

194

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing