AQSH va Isroil G‘azoda vaqtinchalik hukumat tuzmoqchi – “Bloomberg”
Olam
−
21 Oktabr 2023
10087AQSH va Isroil BMT ko‘magida hamda arab davlatlari ishtirokida G‘azo sektorida muvaqqat hukumat tuzish imkoniyatini muhokama qilyapti. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib, “Bloomberg” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar dastlabki bosqichda. Uning muvaffaqiyati Falastin-Isroil mojarosidagi o‘zgarishlarga, xususan, Isroil qo‘shinlarining quruqlikdagi operatsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati tez orada Kongressdan 100 milliard dollardan ortiq mablag‘ so‘rash niyatida, shundan 60 milliard dollari Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. 14 milliard dollar esa Isroilni qo‘llab-quvvatlashga sarflanishi rejalashtirilgan.
Avvalroq, dunyo yetakchilari 21 oktyabr kuni Misr poytaxti Qohirada Falastin masalasi bo‘yicha xalqaro sammit bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoriga 7 oktyabrdan beri davom etayotgan zarbalari oqibatida kamida halok bo‘lganlar soni 4 000 kishidan oshgan.
LiveBarchasi