AQSH va Eron Ummonda muzokara o‘tkazmaydi – Vashington
Olam
−
09 aprel 2025 3426 1 daqiqa
12 aprel kuni Ummonda AQSH va Eron delegatsiyalari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirni muzokaralar emas, balki uchrashuv deb ta’riflash mumkin. Bu haqda AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Temmi Bryus navbatdagi brifingda ma’lum qildi.
“Shanba kuni yig‘ilish bo‘ladi. Bu uchrashuv. Muzokaralar yo‘q. Yana bir bor aytaman, bu muzokaralar emas, balki uchrashuv. Majburiyatlar ham shunga yarasha”, dedi diplomat.
U AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoffning Ummonda bo‘lishini tasdiqladi, biroq Eron delegatsiyasi bilan uchrashishini tasdiqlashdan bosh tortdi.
“Men bu haqda gapira olmayman, lekin u o‘sha yerda bo‘ladi”, deb ta’kidladi Bryus.
Shu bilan birga, u Oq uy rahbari Donald Tramp va Davlat kotibi Marko Rubio Islom Respublikasi yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerakligini bir necha bor ochiq-oydin ta’kidlaganini ta’kidladi.
7 mart kuni Tramp Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar olib borishni taklif qilgan xabar yuborganini aytgandi.
Mart oyi oxirida Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi Tehron Trampning maktubiga javob yuborish uchun Ummondan vositachi sifatida foydalanganini aytdi.
Kecha, 7 aprel kuni ma’lum bo‘lishicha, yozishmalardan so‘ng tomonlar maslahatlashuvlarning birinchi raundini 12 aprel kuni Ummonda o‘tkazishga kelishib olgan. Asosiy muzokarachilar Aroqchi va Uitkoff bo‘ladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025