AQSH va Britaniya Rossiya metaliga qo‘yilgan taqiqni kengaytirdi

Olam

image

Buyuk Britaniya va AQSH metall savdosida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi va AQSH Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytiladi.

Bildirilishicha, London metall birjasi va Chikago tovar birjasi endi o‘z omborlaridagi alyuminiy, mis va nikel zaxiralarini Rossiyadan kelib chiqqan xomashyo yetkazib berish hisobiga to‘ldira olmaydi.

“Londonning Vashington bilan birgalikda Rossiya metallarini ikkita yirik tovar birjasiga kirishdan mahrum qilgan hal qiluvchi qadami Rossiya harbiy-sanoat kompleksini moliyalashtirishdan mahrum qiladi”, deydi Britaniya Moliya vaziri Jeremi Xant.

O‘rnatilgan cheklovlar ikkala birja omborlarida mavjud bo‘lgan Rossiya metallarining zaxiralariga taalluqli emas, ular bilan hali ham savdo operatsiyalarini amalga oshirish mumkin bo‘ladiyu, ammo ikkala birja ham Rossiyaning mis, alyuminiy va nikelini sotib ololmaydi.

Yangi cheklovlar titan va platina guruhi metallariga taalluqli emas.

Hujjatda ta’kidlanishicha, bu texnik jihatdan murakkab chora-tadbirlar bo‘lib, ularning samaradorligini ta’minlash va bozorni beqarorlashtirish xavfini minimallashtirish uchun uzoq vaqtdan beri tasdiqlashni talab qiladi.

2023 yil dekabr oyida Buyuk Britaniya Rossiyadan ishlab chiqarilgan mis, alyuminiy va nikel importini butunlay taqiqladi. Qo‘shma Shtatlarda shunga o‘xshash taqiq hozir kuchga kirmoqda, ammo bu 2024 yil 13 aprelgacha qazib olingan metallarga taalluqli emas.

Yevropa Ittifoqi esa Rossiya Federatsiyasidan metallarga nisbatan sanksiyalar kiritishga shoshilmayapti. Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasidan metall importi Rossiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdoning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

2023 yil oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiya metallarining Yevropa Ittifoqiga importi 13,7 milliard yevroni tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya sanktsiyalar metall savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing