AQSH va Britaniya Yaman shaharlariga havo hujumlarini boshladi (video)
Olam
−
04 Oktabr
18136Qo‘shma Shtatlar va Britaniya Yamandagi husiylar nazorati ostidagi Sana va Xodayda shaharlariga bir qator havo hujumlarini boshladi. Bu haqda husiylarga tegishli “Al Masirah” telekanali xabar berdi.
Unga ko‘ra, koalitsiya kuchlari Sanadagi bir nechta nishonlarga hujum qilib, Qizil dengizda joylashgan Xodeydaning g‘arbiy qismidagi Al-Kutib hududiga kamida to‘rtta zarba bergan.
“Al Mayadeen” telekanali ham Yaman poytaxtidagi portlashlar haqida xabar bermoqda. Hujum oqibatlari, jumladan, ehtimoliy qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
G‘azo sektoridagi mojaro avj olgandan so‘ng, husiylar Isroilni o‘qqa tutishi va Falastin anklavidagi operatsiya to‘xtatilmaguncha unga aloqador kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi suvlari orqali o‘tishiga ruxsat bermasligi haqida ogohlantirgan. O‘tgan yilning noyabr oyidan beri husiylar Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida fuqarolik kemalariga hujum qilgan.
Husiylarning harakatlariga javoban Amerika rasmiylari Qizil dengizda navigatsiya erkinligini ta’minlash va kemalarni himoya qilish uchun xalqaro koalitsiya tuzilgani va Prosperity Guardian operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Keyinchalik, AQSH va Buyuk Britaniya Qurolli kuchlari Yamandagi husiylarning harbiy ob’ektlariga muntazam zarba berishni boshladi.
LiveBarchasi