AQSH va Britaniya Yaman hududiga yangi zarbalarini berdi

Olam

image

Avstraliya, Bahrayn, Kanada va Niderlandiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan AQSH va Buyuk Britaniya harbiylari kecha, 22 yanvar kuni Yamandagi husiylar nishonlariga yangi zarbalarini berdi. Bu haqda ittifoqchilarning qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi.

Aytilishicha, aniq boshqariladigan raketa hujumlari husiylarning Qizil dengizdagi savdo va harbiy kemalarga hujumlariga javob bo‘lgan.

Hujjatga ko‘ra, sakkizta nishon, jumladan yerosti ombori, shuningdek, raketa va havo kuzatuvi infratuzilmasi bilan bog‘liq ob’ektlarga zarba berilgan. Ittifoqchilarning iddaosiga ko‘ra, ushbu harakatlar "husiylarning global savdo va begunoh dengizchilar hayotiga tahdid solish uchun foydalanadigan imkoniyatlarini buzish va zaiflashtirish" uchun amalga oshirilmoqda.

Yaman matbuotiga ko‘ra, hujumlar mamlakatning boshqa hududlari qatori poytaxt Sana shahriga ham berilgan. 

Qayd etish joizki, bu AQSHning Yamandagi nishonlarga sakkizinchi zarbasi va Buyuk Britaniya bilan ikkinchi qo‘shma operatsiyasi. Unda USS Eisenhower aviatashuvchisining amerikalik qiruvchilari ishtirok etdi. Operatsiyada Britaniya havo kuchlarining to‘rtta Typhoon qiruvchisi ham qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “The Washington Post” AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Yamandagi husiylarga qarshi uzoq muddatli harbiy kampaniya o‘tkazish rejalarini ishlab chiqayotganini yozgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Buyuk Britaniya Yaman husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing