AQSH va Britaniya Xodayda xalqaro aeroportiga zarba berdi – OAV
Olam
−
18 iyul
17257AQSH va Buyuk Britaniya kuchlari Xodayda xalqaro aeroportiga zarba berdi. Bu haqda Yaman husiylariga qarashli “Al Masirah” telekanali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Xodayda aeroporti uch marta zarbaga uchragan. AQSH va Buyuk Britaniya bu borada hech qanday izoh bermadi.
Xodayda Yamanning eng muhim hududlaridan biri hisoblanadi, chunki u uzoq qirg‘oq chizig‘iga, shuningdek, xalqaro aeroportga va uchta muhim portga ega.
Ma’lumot uchun, 2023 yil 31 oktyabrdan boshlab husiylar Yaman qirg‘oqlari yaqinida Isroil bilan bog‘liq bo‘lgan tijorat kemalarini qo‘lga kiritib, ularga qarshi dron va raketa hujumlarini uyushtirmoqda. Husiylar o‘z harakatlarini Isroilning G‘azo sektoridagi hujumlariga javob sifatida tushuntirmoqda.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi