AQSH va Britaniya husiylarga qarshi jiddiy zarba berdi
Olam
−
09 fevral
5252AQSH va Buyuk Britaniya Qurolli kuchlari Yamandagi husiylar harakati nishonlariga bir qator hujumlar uyushtirdi. Bu haqda "Al Masirah" telekanaliga asoslanib, TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qizil dengiz sohilida joylashgan Xodeyda provinsiyasidagi “Ras-Isa” porti hududiga kamida uchta aviazarba berilgan. Qurbonlar, jarohatlanganlar va vayronalar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Shuningdek, “Ansor Alloh” harakati G‘azo sektoridagi mojaro tufayli Isroil hududiga hujumlar uyushtirishi va unga aloqador kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi orqali o‘tishiga ruxsat bermasligini bildirgan.
AQSH rasmiylari “Ansor Alloh”ning harakatlariga javoban Qizil dengizda navigatsiya erkinligini ta’minlash va kemalarni himoya qilish maqsadida xalqaro koalitsiya tuzilgani va “Prosperity Guardian“ operatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rganini e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning noyabr oyi o‘rtalaridan beri husiylar Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida o‘nlab Isroilga aloqador kemalarga hujum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq husiylar Qizil dengizda Amerika Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniyaning kemalariga hujum qilgan edi.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi