AQSH va Hindiston Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi 

Olam

image

Vashington va Nyu-Dehli Ukrainadagi harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda AQSH va Hindiston Mudofaa va Tashqi ishlar vazirlari ishtirok etgan “ikki plyus ikki” formatidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotda aytiladi.  

“Vazirlar Ukrainada kuchaygan gumanitar inqirozga javob berish bo‘yicha o‘zaro sa’y-harakatlarni ko‘rib chiqdi va uning kengroq oqibatlarini baholadi. Ular jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi”, deyiladi Hindiston Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan hujjatda. 

Ta’kidlanishicha, vazirlar tinch aholi halok bo‘lishini so‘zsiz qoralagan. 

“Ular zamonaviy dunyo tartibi BMT Nizomi, xalqaro huquqni hurmat qilish, barcha davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligi asosida qurilganini ta’kidladi”, deyiladi qo‘shma bayonotda. 

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 11 aprel kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken, Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar, AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin va uning hindistonlik hamkasbi Rajnatx Singx ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

352

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing