AQSH Vetnam yoki Afg‘onistondagidek sharmanda bo‘ladi – Zaxarova 

Olam

image

AQSH rasmiylari Ukraina Qurolli kuchlarining oxirgi askari o‘ldirilgunicha jang qilishi va hech bo‘lmasa Amerikadagi saylovlarning ovoz berish bosqichigacha yetib olish uchun Kiyevning qo‘liga yana qurol beryapti. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova aytib o‘tdi.

Zaxarova Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan Ukraina va boshqa mamlakatlarga yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini izohlab:

“Oq uyning endi, nazorati ostidagi Kiyev rejimining afsonaviy g‘alabasini emas, balki Ukraina Qurolli kuchlari hech bo‘lmaganda noyabr oyidagi ovoz berishgacha chidab turishini istayotgani ajablanarli. Aslida, bu bilan Zelenskiy va uning atrofidagilarning iztiroblari uzaymoqda. Kiyev rejimi oddiy ukrainaliklarni majburan qirg‘inga tashlamoqda”, degan Zaxarova jurnalistlarga.

Uning fikricha, AQSHning gibrid urushga yanada ko‘proq kirib borishi Vetnam yoki Afg‘onistondagiga o‘xshash sharmandali mag‘lubiyat bilan tugaydi.

"Vashingtonning Rossiyaga qarshi gibrid urushga yanada chuqurroq sho‘ng‘ishi Vetnam yoki Afg‘onistondagi urush singari sharmandali fiaskoga aylanadi", degan u.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing