AQSH o‘z fuqarolariga 1200 dollardan yordam puli tarqatadi

Olam

image
AQSH koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘tib ketdi north_east

AQSH koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘tib ketdi

Joriy yilning 25 mart kuni AQSH Senati koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2 trillion dollar miqdorda pul ajratdi. AQSH tarixidagi eng katta qiymatli qonun loyihasi o‘zida muhim qonuniy choralarni aks ettiradi.

Qonunga ko‘ra, davlat tomonidan jismoniy shaxslar va oilalarga 250 milliard dollar, kichik biznes uchun 350 milliard dollar, ishsizlik nafaqasi uchun 250 milliard dollar va iqtisodiy zarar ko‘rgan kompaniyalar uchun 500 milliard dollar ajratiladi.

Rejaga ko‘ra, yillik oyligi o‘rtacha 75 000 AQSH dollari yoki undan kam bo‘lgan shaxslarning har biriga 1 200 AQSH dollari, ularning har bir farzandi uchun esa qo‘shimcha 500 dollardan pul beriladi. Shuningdek, shifoxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 130 milliard dollar ajratiladi.

Ma’lumot uchun, AQSHda koronavirus tufayli ishsizlik ko‘rsatkichi rekord darajaga chiqdi. Statistikaga ko‘ra, hozirda mamlakatning 3,3 million aholisi ishsiz qolgan.

So‘nggi ma’lumotalarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 86 012 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 1 301 nafari vafot etgan, 753 nafari sog‘ayib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Koronavirus Yordam puli

Baholaganlar

180

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing