AQSH urushning birinchi haftasida qancha mablag‘ sarflagani aytildi
Olam
−
10:42 1887 1 daqiqa
AQSHning Eronga qarshi harbiy kampaniyasi dastlabki olti kuni uchun 11,3 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Kongress a’zolariga taqdim etilgan hisob-kitoblar faqat ayrim asosiy harbiy xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Shu sababli kampaniyaning birinchi haftasi uchun yakuniy xarajatlar bundan ham sezilarli darajada ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Xususan, bu hisob-kitoblarga ayrim operatsiyalar bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar, logistika ta’minoti, qo‘shinlarni joylashtirish va boshqa harbiy operatsion sarf-xarajatlarning barchasi to‘liq kiritilmagan.
AQSH ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Pentagon rasmiylari avvalroq Kongressga urushning dastlabki ikki kunidayoq taxminan 5,6 milliard AQSH dollarilik o‘q-dorilar sarflangani haqida ma’lumot bergan. Bu raqam avval jamoatchilikka taqdim etilgan taxminiy hisob-kitoblardan ancha yuqori ekani ta’kidlanmoqda.
Tahlilchilarga ko‘ra, harbiy operatsiyalarda yuqori aniqlikdagi raketalar, qanotli raketalar va boshqa zamonaviy qurollardan faol foydalanilayotgani xarajatlarning keskin oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Isroilga 12 mingta havo bombasi yetkazib bermoqchi ekani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi