AQSH Ukrainaning mustaqillik kuniga sovg‘a bermoqchi
Olam
−
24 avgust 2024
5535AQSH Ukrainaga mamlakatning mustaqillik kuni munosabati bilan yangi harbiy yordam paketini yetkazib beradi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yordam paketi 125 million dollarlik havo hujumiga qarshi mudofaa raketalari, HIMARS uchun o‘q-dorilar, Javelin va boshqa qurollarni o‘z ichiga oladi.
AQSH Prezidenti Jo Bayden Kiyevni mustaqillik kuni bilan qutlar ekan, Rossiya bilan kechayotgan urush Ukraina erkin, suveren va mustaqil davlat bo‘lib qolishi bilan tugashini ta’kidlagan.
"Men bugun Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qilishimizdan faxrlanaman. Paket Ukrainaning muhim infratuzilmasini himoya qilish uchun havo hujumidan mudofaa raketalarini o‘z ichiga oladi. Jang maydonida Rossiyaning rivojlanayotgan taktikasiga qarshi himoya qilish uchun uchuvchisiz uchish apparatlari hamda zirhga qarshi raketalar, front askarlari uchun o‘q-dorilar va ularni himoya qiluvchi mobil raketa tizimlari ham mavjud", deydi Bayden.
Oq uy rahbari, shuningdek, urush bilan bog‘liq holda, Rossiyaning 400 ga yaqin yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy qilishini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga yordam 2025 yilda ham davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Moskva boshlagan urushni tugatish uchun Rossiya bilan muzokara o‘tkazishga rozi bo‘lishga chaqirgandi.
LiveBarchasi