AQSH Ukrainaning Qrimdagi harbiy ob’ektlarga zarbalarini qo‘llab-quvvatladi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaning Qrimdagi harbiy ob’ektlarga zarbalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda kecha, 16 fevral kuni AQSH Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland ma’lum qildi. 

“Bular qonuniy nishonlar. Ukraina ularga zarba beradi. Va biz buni qo‘llab-quvvatlaymiz”, deydi diplomat Qrimdagi Rossiya harbiy inshootlariga ishora qilib. 

Uning qayd etishicha, agar Qrim hech bo‘lmaganda qurolsizlantirilmasa, Ukraina xavfsiz bo‘lmaydi. Bu [Rossiyani] kuchli to‘xtatib turishni ta’minlashning bir qismidir. 

Shu bilan birga, davlat kotibi o‘rinbosari muhokama rahbari – iste’fodagi amerikalik diplomat, hozirda Karnegi jamg‘armasining katta ilmiy xodimi Aaron Devid Millerning Qrim Moskva uchun “qizil chiziq” ekanligini ko‘rsatishga qaratilgan bir necha bor urinishlarini rad etdi. 

“Men ukrainaliklar qayerda jang qilishga qaror qilganini taxmin qilmayman. Ular Qrimda qisqa, o‘rta va uzoq muddatda qanday harakat qilishga qaror qilishganini ham. Biz Qrimni Ukraina deb hisoblaymiz”, deydi Nuland. 

Miller diplomatdan Vashingtonning maqsadlari Kiyevning hududlarni, jumladan Qrimni qaytarib olish istagiga mos keladimi, deb so‘radi. Nuland bu savolga “ha”  deb javob qaytargan. 

Shu bilan birga,  uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev “Qrim masalasiga o‘tishdan oldin muhim hududlarni qaytarishi kerak.  

“Va ular hozir aynan shu narsaga e’tibor qaratmoqda”, deydi Nuland. 

U yana bir bor Vashington ma’muriyatining pozitsiyasini ta’kidladi, unga ko‘ra Ukraina o‘z xalqaro chegaralaridagi barcha hududiga egalik qiladi.   

“Biz Rossiyaning Qrimdagi hokimiyatini hech qachon tan olmaganmiz”, deydi Nuland. 

Rossiya Federatsiyasining Ukraina hududida mavjudligi

Shu bilan birga, u Ukraina o‘z hududida Rossiya qo‘shinlari mavjud bo‘lgan hozirgi darajada mavjud bo‘lolmasligini qo‘shimcha qildi. Nulandga ko‘ra,  gar mojaro hozir muzlatilgan taqdirda ham, Rossiya dam olishdan keyin qaytadi va o‘zini tiklaydi. 

“Shuning uchun ukrainaliklar urushni davom ettirishlari kerak, deb hisoblaydilar. Shuning uchun ular xaritada o‘zlarini yanada hayotiy qiladigan vaziyatga erishishlari kerak”, deya qo‘shimcha qildi u.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Viktoriya Nuland

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing