AQSH ukrainaliklarni quroldan foydalanishga o‘qitishni tezlashtirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH hukumati Ukraina harbiylarini G‘arb qurollari, jumladan gaubitsa va hujumchi dronlardan foydalanishga o‘rgatish tezligini oshirmoqda. Bu haqda “The Hill” gazetasi xabar bergan.  

Pentagon vakillariga tayangan materialda ta’kidlanishicha, hozirda Yevropada gaubitsa, dron va radarlardan foydalanish bo‘yicha yuzlab ukrainalik askar o‘qitilmoqda. Qayd etilishicha, “AQSH harbiylari Ukraina kuchlarini qurol ishlatishga o‘rgatish sur’atini oshirmoqda”. 

Aytilishicha, “shu kunga qadar 220 dan ortiq ukrainalik Amerika artilleriya qurilmalari, xususan, M777 gaubitsalaridan foydalanish bo‘yicha o‘qitilgan”. 

“1 may kuni yana 20 nafar ukrainalik askarlar yangi Phoenix Ghost dronidan foydalanish bo‘yicha bir haftalik o‘quv kursini tamomladi, 121 ta shunday qurilma Ukrainaga yuborildi”, deyilgan xabarda.

Pentagon vakiliga ko‘ra, 50 dan ortiq ukrainalik shu hafta mashg‘ulotlarga kirishadi. Ta’kidlanishicha, Amerika tomoni tayyorgarlikdan o‘tgan ukrainaliklar mamlakatga qaytganidan so‘ng o‘z mahoratini boshqa harbiy xizmatchilarga o‘rgatishini kutmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

162

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing