AQSH Ukrainaga yangi harbiy yordam sifatida 600 mln dollar ajratdi
Olam
−
08 Sentabr 2023
2400Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga 600 million dollarlik yangi yordam paketini taqdim etmoqda. Bu haqda Pentagon vakili Sabrina Singx brifingda ma’lum qildi.
Yangi harbiy yordam paketiga quyidagilar kiradi:
• Ukraina havo mudofaa tizimlarini qo‘llab-quvvatlash va integratsiyalash uchun uskunalar;
• yuqori harakatchanlikdagi artilleriya raketa tizimlari (HIMARS) uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar;
• 105 mm li artilleriya snaryadlari;
• elektron urush qurollari;
• to‘siqlarni tozalash uchun portlovchi o‘q-dorilar;
• minalardan tozalash uskunalari;
• o‘qitish, texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash uchun aslahalar.
Qayd etilishicha, ushbu uskunalar AQSH Mudofaa vazirligi zaxiralaridan berilmaydi, qurollar yetkazib beruvchilardan sotib olinadi.
Shuningdek, Sabrina Singx Abrams tanklari u yerga kelganida AQSH Ukrainaga tugatilgan uran snaryadlarini yuborishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan.
“Jo Baydenning 2021 yilda prezidentligi boshlanganidan beri Ukrainaga berilgan harbiy yordamning umumiy miqdori 44,4 milliard dollardan, Rossiya harbiy amaliyotlari boshlanganidan beri esa 43,7 milliard dollardan oshdi”, deya qo‘shimcha qilgan Sabrina Singx.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Vashington Kiyevga 1 mlrd dollardan ortiq qo‘shimcha yordam berishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr