AQSH Ukrainaga yana 400 million dollarlik harbiy yordam paketini ajratdi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yana 400 million dollarlik harbiy yordam paketini taqdim etmoqda, bu esa to‘rtta Avenger havo mudofaa tizimini Kiyevga topshirishni nazarda tutadi. Bu haqda kecha, 10 noyabr kuni Pentagon matbuot xizmati xabar berdi. 

“Bugungi kunda Mudofaa vazirligi Ukrainaning muhim xavfsizlik va mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun 400 million dollargacha xavfsizlik yordami uchun ruxsat berganini e’lon qildi”, deyiladi bayonotda. 

Keyingi yordam paketiga Hawk havo mudofaa tizimlari uchun raketalar, to‘rtta Avenger havo mudofaa tizimi, HIMARS yalpi raketa tizimi uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar, 100 ta harbiy yo‘ltanlamas avtomobillar, 21 000 dan ortiq 155 mm artilleriya snaryadlari, 10 000 120 mm minomyot snaryadlari, 400 granatalar, shuningdek,  o‘q-dorilar,  to‘siqlarni tozalash uskunalari va sovuq havo vositalari kiradi. 

Yangi paket bilan Jo Bayden prezidentlikka kelganidan beri Vashingtonning Kiyevga bergan umumiy harbiy yordami 19,3 milliard dollardan oshdi. 

Ukraina uchun yordam guruhi yig‘ilishi

Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singxning aytishicha, AQSH joriy yilning 16 noyabr kuni Ukrainaga yordam berish guruhi yig‘ilishini o‘tkazadi.  

“Keyingi hafta [Mudofaa vaziri Lloyd Ostin] Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aloqa guruhining yettinchi yig‘ilishini o‘tkazadi. Bu uchrashuv Pentagonda sirtdan bo‘lib o‘tadi”, deydi u.  

Singxga ko‘ra, 50 ga yaqin davlat mudofaa vazirlari Ukrainani suverenitetini himoya qilish vositalari bilan ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qiladi. Uning aniqlik kiritishicha, guruhning navbatdagi yig‘ilishi 16 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 

Shuningdek, matbuot kotibi o‘rinbosari Vashington va Kiyev jang maydonidagi sharoit, ob-havo sharoiti o‘zgargani uchun turli harbiy texnika yetkazib berish masalasini muhokama qilayotganini aytdi. 

Avvalroq AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan brifingda Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yangi qurol-yarog‘larni topshirishini, bu esa Vashington ittifoqchilari taklif qilayotgan havo hujumidan mudofaa yordamini to‘ldirishi kerakligini aytgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing