AQSH Ukrainaga kiberoperatsiyalar bo‘yicha mutaxassislar jo‘natdi

Olam

image

AQSH Pentagon qoshida faoliyat yurituvchi Cyber National Mission Force (CNMF)ning 43 nafar a’zosini Kiyev manfaatlari yo‘lida kiberoperatsiyalarda ishtirok etish uchun Ukrainaga yubordi. Bu haqda AQSH Qurolli kuchlari kiberqo‘mondonligi bo‘linma boshlig‘i general Uilyam Hartman ma’lum qildi.

"Biz umumiy dushmanlarni ovlaydigan, vositalar va imkoniyatlar topadigan mudofaa operatsiyalari guruhlarini yubormoqdamiz", deydi Hartman. 

Unga ko‘ra, CNMF bo‘limi 43 nafar xodimni Ukrainaga jo‘natgan.

Ta’kidlash joizki, AQSH 2018 yildan buyon kibertahdidlarga qarshi kurashish uchun kompyuter olimlarini boshqa mamlakatlarga jo‘natib keladi va shundan beri 20 ta davlatda, jumladan, Albaniya, Shimoliy Makedoniya, Ukraina, Xorvatiya, Chernogoriya va Estoniyada kibertahdidlarga qarshi 47 ta operatsiya o‘tkazgan. Misol uchun, 2022 yilda CNMF xodimlari uch oylik ish safari davomida Litva kompyuter tarmoqlarini o‘rgangan va ma’lumotlarni AQSH hukumatiga yuborgan.

2022 yil dekabr oyida AQSH Kiberqo‘mondonligi veb-saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Pentagonda jami 2000 dan ortiq xodimlardan iborat 39 CNMF guruhi mavjud. Ular orasida qurolli kuchlarning barcha bo‘linmalari xodimlari, shuningdek, Milliy xavfsizlik agentligi va Mudofaa razvedka boshqarmasi vakillari bor.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Pentagon Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing