AQSH Ukrainaga qurol yetkazishni urushdan oldin boshlagani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
11 may 2022
15124AQSH Rossiya hujumi boshlanishidan ancha oldin Ukrainaga qurol yetkazib turgan. Bu haqda Pentagon vakili Jon Kirbi ma’lum qildi.
“AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati bosqindan ancha oldin qurol-yarog‘ yetkazib turgan. Prezident Ukrainaga bergan birinchi milliard dollarga halokatli qurollar yordami ham kiradi. Qo‘shma Shtatlar, Kanada, Britaniya va boshqa ittifoqchilar aslida ukrainaliklarni tayyorlashga yordam bergan”, degan u.
O‘tgan hafta AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam berilishini e’lon qilgandi. Shu bilan birga, davlat rahbari Kongress tomonidan bunday yordam ko‘rsatish uchun ajratilgan mablag‘lar amalda tugatilganini eslatgan.
Kecha, 10 may kuni AQSH Kongressining Vakillar palatasi Ukrainaga misli ko‘rilmagan miqdorda qariyb 40 milliard dollarlik qo‘shimcha yordam paketini ma’qulladi. AQSH ma’muriyati avvalroq bergan xabarga ko‘ra, bungacha Jo Bayden prezidentligi boshlanganidan beri ushbu maqsadlar uchun kamida 4,5 milliard dollar, jumladan, Rossiya hujumi boshlangan 24 fevraldan boshlab 3,8 milliard dollar ajratilgan.
LiveBarchasi