AQSH Ukrainaga birinchi marta NASAMS yetkazib berdi

Olam

image

AQSH Ukrainaga birinchi ikkita NASAMS zenit-raketa majmuasini (ZRM) topshirdi. Bu haqda 25 oktyabr kuni NASAMS ishlab chiqaruvchisi, Amerikaning Raytheon Technologies kompaniyasi bosh direktori Greg Xeys CNBC telekompaniyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Biz hozirgina ikkita NASAMS tizimini yetkazib berdik. Bir necha hafta oldin biz ikkita [majmuani] [AQSH] hukumatiga topshirdik. Bugun allaqachon ular Ukrainada joylashtirilmoqda”, deydi Raytheon Technologies bosh direktori.

O‘tgan hafta Pentagonning yuqori martabali rasmiysi jurnalistlarga AQSH rasmiylari yaqin haftalarda Kiyevga birinchi NASAMS havo mudofaa tizimlarini topshirishi kutilayotganini aytdi. 11 oktyabr kuni Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi AQSH rasmiylari “yaqin kelajakda” dastlabki ikkita NASAMS majmuasini Kiyevga topshirishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jami AQSH Ukrainaga sakkizta shunday tizim yetkazib berish niyatida. Yetkazib berish Ukraina xavfsizligini ta’minlash tashabbusi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan, bu esa Pentagon zahiralaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jihozlarni etkazib berishni emas, balki AQSH mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzishni nazarda tutadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin NASAMS

Baholaganlar

648

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing