AQSH Ukrainaga bir necha yuz million dollarlik qurol yetkazib beradi

Olam

image

AQSH hukumati Ukrainaga 275 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini taqdim etishga qaror qildi, bu paketga HIMARS yalpi reaktiv hujum tizimlari uchun o‘q-dorilar kiradi. Bu haqda kecha, 27 oktyabr kuni “Associated Press” xabar berdi.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi CNN telekanalida harbiy yordam ko‘rsatilishi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

Agentlik manbalariga ko‘ra, ushbu yordamning ajratilishi 24 soat ichida rasman e’lon qilinishi mumkin. Yangi paket asosan o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladi. Ular Pentagon omborlaridan beriladi.

Nashrning ta’kidlashicha, Kiyevga ko‘rsatilayotgan yordamning navbatdagi qismiga AQSH avvalroq Ukrainaga bermagan yangi qurollar kiritilmaydi.

“O‘ylashimcha, juda tez orada AQSHdan Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam yetkaziladi. Prezident [Jo Bayden] avvalroq aytganidek, biz buni qancha vaqt kerak bo‘lsa, davom ettiramiz”, deydi Kirbi boshlovchining tegishli savoliga javob berib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar “allaqachon 20 dan ortiq yordam paketini taqdim etgan”.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing