AQSH Ukrainaga ATACMS raketalarini yetkazib berishi mumkin
Olam
−
12 Sentabr 2023
2508Vashington Kiyevga kassetali bombali uzoq masofali raketalarni topshirishga yaqin turibdi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.
Oq uy rasmiylarining ma’lum qilishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainani 300 km masofadagi nishonni ura oladigan ATACMS raketalari va GMLRS kassetali bombalari bilan ta’minlashni ko‘rib chiqmoqda. Chunki rasmiy Kiyev bir necha bor Bayden ma’muriyatidan Rossiya tomonidan bosib olingan hududdagi ta’minot liniyalari, havo bazalari va temir yo‘l tarmoqlariga hujum qilish va buzishda yordam berish uchun ATACMS raketalarini so‘ragan.
AQSH armiyasi veb-saytida aytilishicha, ATACMS "dushmanning ikkinchi darajali kuchlarining chuqur hujumi" uchun mo‘ljallangan va ular qo‘mondonlik va nazorat markazlariga, havo mudofaasi va logistika ob’ektlariga zarba berish uchun ishlatilishi mumkin.
Rossiyaning AQSHdagi elchisi Anatoliy Antonovning qayd etishicha, "Bunday raketalar nazariy jihatdan Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiya hududiga chuqur zarba berishga urinish imkonini beradi. Bu esa Vashingtonni bevosita Moskva bilan harbiy qarama-qarshilikka tortishi mumkin".
Eslatib o‘tamiz avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati rasmiylari Ukrainaga ATACMS taktik ballistik raketalarini yetkazib berish-bermaslik masalasida ikkilanayotganligi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi