AQSH Ukrainaga Abrams tanklarini jo‘natadi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Bayden shu hafta Ukrainaga M1 Abrams tanklari yetkazib berilishini e’lon qiladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 30-50 ta jangovar texnikaga to‘g‘ri keladigan Abrams tanklari bataloni Ukrainaga jo‘natilishi mumkin. AQSH armiyasining bataloni 44 ta tankdan iborat. AQSHdan tashqari Buyuk Britaniya va Germaniya ham Ukrainaga turli rusumdagi tanklarni yetkazib bermoqda.

22 yanvar kuni Germaniya uzoq muhokamalardan so‘ng Ukrainaga Leopard 2 tanklarini yetkazib berishi ma’lum bo‘lgandi. 

Eslatib o‘tamiz, 14 yanvar kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Ukrainaga Royal Forces Challenger 2'ning to‘rtta asosiy jangovar tankini yuborishga rozi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing