AQSH Ukrainaga 725 mln dollarlik harbiy yordam tayyorlamoqda

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukraina uchun 725 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini tayyorlamoqda. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi paketda Amerika zaxiralaridan turli xil tankka qarshi qurollar, yer osti minalari, dronlar, Stinger portativ zenit-raketa komplekslari uchun o‘qlar va HIMARS reaktiv tizimlari uchun munitsiyalar bo‘ladi. Bularning barchasi so‘nggi oylarda Rossiyaning sharqda kuchaygan hujumlariga qarshi kurashishda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yordam berishi kerak.

“Yangi yordam paketining tarkibi va hajmi hali tasdiqlanmagan va kelgusi kunlarda o‘zgarishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Nashrga ko‘ra, Bayden prezidentlikdan ketishdan oldin Kiyevga ko‘proq yordam ko‘rsatmoqchi. Jo Bayden Ukrainaga yordam berish orqali 2025 yilning yanvarida prezidentlikka kirishadigan Donald Tramp Oq uyga kirishidan oldin Ukraina bilan birga ekanligini ko‘rsatmoqchi.

Tramp o‘zining saylovoldi kampaniyasida Kiyevga beriladigan harbiy yordam shartlarini tanqid qilgan va.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berishga ruxsat bergandi. Bu qaror “Rossiya qo‘shinlarining Ukraina sharqida kuchayayotgani” ehtimoli bilan oqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina harbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing