AQSH Ukrainadan Rossiyaga qarshi “qo‘chqor” sifatida foydalanmoqda – Putin
Olam
−
26 Oktabr 2022
11298Ukraina haqiqatdan AQSH tomonidan nazorat qilinadi va Rossiyaga qarshi “qo‘chqor” (taran – tarixda katta shaharlarni qamal qilishda darvoza, devor va minoralarni vayron qilishda foydalanilgan vosita – tahr.)sifatida foydalaniladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun, 26 oktyabr kuni MDH davlatlari Xavfsizlik va razvedka idoralari rahbarlari kengashining 51-yig‘ilishi delegatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuvda so‘z ochdi.
U Hamdo‘stlik mamlakatlari chegaralarida qurolli to‘qnashuvlar avj olayotganiga e’tibor qaratdi.
“Ular nimaga erishmoqda – buni qilayotganlar – biz buni Amerika tashqi siyosatining quroliga aylangan Ukraina misolida ko‘ramiz. Mamlakat haqiqatda o‘z suverenitetini yo‘qotdi va uni Rossiyaga, Belarus Respublikasi bilan ittifoqdosh davlatimizga, shuningdek, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga va umuman MDHga qarshi “qo‘chqor” sifatida ishlatadigan Qo‘shma Shtatlar tomonidan bevosita nazorat qilinadi”, deydi Rossiya rahbari.
Uning qayd etishicha, AQSHning o‘z satellit (boshqa davlatning siyosiy va iqtisodiy ta’siri ostida bo‘lgan davlat – tahr.)lariga nisbatan haqiqiy munosabati yaqqol ko‘zga tashlanadi. Putin deyarli darhol Ukraina hududi harbiy biologik tajribalar uchun poligonga aylantirilgani va hozirda qurollar, jumladan, og‘ir qurollar bilan to‘ldirilayotganini, Vashington esa Kiyev rejimining yadro quroliga ega bo‘lish istagi haqidagi bayonotlariga e’tibor bermasligini ta’kidladi.
“Axir, bu haqda Kiyev rasmiylari ochiqchasiga aytishdi - yo‘q, hamma jim”, deya ta’kidladi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti.
Putinning eslatishicha, Kiyev rejimining provokatsiyalar uchun "iflos bomba"dan foydalanish rejalari haqida ma’lumotlar mavjud.
LiveBarchasi