AQSH Ukraina va Isroil uchun umumiy 74 mlrd dollar ajratmoqchi
Olam
−
05 fevral
3790AQSH Senati Ukraina va Isroilga mablag‘ ajratish bo‘yicha ikki partiyaviy qonun loyihasini kelishib oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qo‘shimcha mablag‘larning umumiy miqdori 118 milliard dollardan ortiq bo‘lib, shundan 60,06 milliard dollar Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi taklif qilinmoqda. Isroilga yordam berish uchun 14,1 milliard dollar, Meksika bilan chegarani himoya qilish uchun 20,23 milliard dollar, AQSHning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 4,83 milliard dollar, AQSH Markaziy qo‘mondonligiga 2,44 milliard dollar va Qizil dengizdagi operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 2,44 dollar ajratish ham ko‘zda tutilmoqda.
AQSH Prezidenti Jo Bayden qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi va Kongressdan uni imkon qadar tezroq qabul qilishni so‘radi, biroq hujjat Vakillar palatasida jiddiy qarshilikka duch kelishi mumkin.
Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonning fikricha, qonun loyihasining hozirgi ko‘rinishida Vakillar palatasida hech qanday imkoniyat yo‘q.
LiveBarchasi