AQSH Ukraina bo‘yicha reja ishlab chiqmoqda – Oq uy
Olam
−
21 noyabr 2084 2 daqiqa
AQSH Rossiya va Ukraina bilan aloqada bo‘lib, ularning ishtirokida tinchlik rejasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda kecha, 20 noyabr kuni Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘z ochdi.
“Maxsus vakil Stiv Uitkoff va Davlat kotibi Marko Rubio o‘tgan oy davomida rejani ishlab chiqish ustida bosh qotirdi. AQSH vakillari Rossiya va Ukraina bilan teng darajada aloqada bo‘lib, bu mamlakatlar uzoq muddatli va barqaror tinchlik uchun qaysi shartlarga rozi bo‘lishi mumkinligini tushunishga harakat qildi”, degan Livitt.
Shu kabi xabarlar tarqalishi fonida davlatlar o‘rtasidagi muzokaralar ham davom etmoqda va hozircha Oq uy uning tafsilotlarini oshkor qilmayapti. Prezident Donald Tramp ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi, shartlar ikki tomon uchun maqbul bo‘lishi ta’kidlangan. Livittning qo‘shimcha qilishicha, AQSH Mudofaa vazirligi vakili Daniyel Driskoll Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgan va uchrashuv ijobiy kayfiyatda o‘tgan.
“Biz ikkala tomon bilan ham bu urushni tugatish borasida yaxshi muhokamalar o‘tkazdik“, degan Livitt.
Zelenskiy yaqin kunlarda Tramp bilan tinchlik rejasining shartlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. “The Washington Post” ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHning takliflari Kiyev uchun deyarli taslim bo‘lish bilan teng va Zelenskiy ularni qabul qila olmaydi.
AQSH va Yevropa Ittifoqi Ukraina tinchlik tashabbusini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etmagan. Oq uy Zelenskiy shartlarni qabul qilishga majbur bo‘lishini, frontdagi vaziyat va korrupsiya mojaro tufayli uni tayyor holatga kelishini kutmoqda. AQSH uchun eng muhim narsa Ukraina shartlarni qabul qilishidir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va Rossiya Prezidentlarining maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Kirill Dmitriyev ishtirokida ishlab chiqilgan Ukraina uchun yangi tinchlik rejasida Qo‘shma Shtatlar Ukrainadan barcha Lugansk va Donetsk viloyatlarini taslim qilishni va armiyasini yarmiga qisqartirishni talab qilayotgani haqida xabar berilgandi. Bu OAV tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar bo‘lib, rasmiy tasdig‘ini topmagan.
Live
Barchasi