AQSH Turkmanistonga metan sizib chiqishini kamaytirishda yordam bermoqchi

Olam

image

AQSH va Turkmaniston Ashxobodga metan sizib chiqishi bilan kurashishda yordam berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda AQSH Davlat departamenti manbalari va muzokaralardan xabardor odamlarga tayanib, “Bloomberg” agentligi xabar berdi.

Davlat () departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, turkman gazining taxminan 7 foizi isrof bo‘ladi – mamlakatning yomonlashgan gaz infratuzilmasidagi teshiklardan tashqariga chiqib ketish yoki ishlab chiqarish maydonchasi uni bozorga yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, ataylab yoqiladi.

Vashington va Ashxobod o‘rtasidagi muzokaralar Turkmanistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy va davlatga gaz sizib chiqishi bilan kurashishda yordam berish bo‘yicha maslahatlarga taalluqli.

Katta hajmdagi metan (tabiiy gazning asosiy komponenti – hidsiz rangsiz gaz) iqlimga ta’sir qiladi, chunki u karbonat angidrid — CO2 dan o‘nlab marta ko‘proq issiqlik iste’mol qiladi.

Ekologlarning fikricha, metan chiqindilarini kamaytirish iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashning nisbatan oddiy yo‘lidir. Boomberg Green hisob-kitoblariga ko‘ra, Turkmaniston energetika tarmog‘i tomonidan chiqariladigan yoki tashlab yuboriladigan barcha gaz to‘planib, yondirilsa, yiliga taxminan 92 million tonna CO2 ni yo‘q qilish kabi samaraga ega bo‘ladi. 

Turkmaniston dunyoda to‘rtinchi yirik tabiiy gaz zaxirasiga ega. Neft va gaz borligi uchun boshqa yirik neft yoki gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlarga qaraganda ko‘proq metan chiqaradi.

Inson faoliyatining atrof-muhitga ta’sirini baholovchi Kayrros SAS
hisob-kitoblariga ko‘ra, 2019 yildan beri neft va gaz sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 500 ta metan chiqindilarining aksariyati Turkmanistonda sodir bo‘lgan.

“Agar ikki davlat kelishuvga erishsa, Turkmaniston 5,8 milliard kub metrgacha gaz ishlab chiqarishi mumkin”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkmaniston metan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing