AQSH Turkiyadan Erdo‘g‘anning qarori bo‘yicha aniqlik so‘rayapti

Olam

image

Avvalroq, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an huquq faoli va jamoat arbobi Usmon Kavalani qamoqdan ozod qilishga chaqirgan 10 davlat elchilarini, shu jumladan AQSH elchisini mamlakatdan chiqarib yubormoqchi ekani haqida xabar bergandik. 

Vashington Anqaradan Erdo‘g‘anning 10 ta davlat elchilari, jumladan Amerika diplomatik missiyasi rahbarini persona non-grata deb e’lon qilish haqidagi so‘zlariga aniqlik kiritishini kutmoqda. Bu haqda TASS muxbiri bilan suhbatda Davlat departamenti vakili ma’lum qilgan. 

“Biz bu xabarlar haqida bilamiz va Turkiya Tashqi ishlar vazirligidan aniqlik kutamiz”, degan vakil. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSH, Kanada, Germaniya, Fransiya, Finlyandiya, Daniya, Gollandiya, Norvegiya, Shvetsiya va Yangi Zelandiya elchixonalari to‘rt yil oldin 18 oktyabrda hibsga olingan Usmon Kavalaning ozod qilinishini talab qilib, murojaatnoma tarqatgan. Ular Turkiya hukumatini Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi talabini bajarishga va Kavalani qo‘yib yuborishga chaqirgan. 

Murojaat e’lon qilinganidan keyin elchilar Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, mamlakat ichki ishlariga aralashishga urinishda ayblangan. 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun, Usmon Kavala 2017 yil noyabr oyida Istanbuldagi Gezi bog‘i atrofidagi ommaviy namoyishlar va 2016 yildagi davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etganlikda ayblanib hibsga olingan. Kavalaning ayblovlari bir necha bor ko‘rib chiqilgan, biroq u haligacha qamoqda qolmoqda. 

Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa (IHES) sudi 2019 yilda Turkiya huquq-tartibot idoralarida Kavalani hibsda ushlab turish uchun hech qanday dalil yo‘qligi to‘g‘risida qaror chiqargan. Biroq Turkiya hukumati IHES’ning qaroriga amal qilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing