AQSH Turkiyadagi terakt bo‘yicha ayblovga javob qaytardi
Olam
−
15 noyabr 2022
19482AQSHning Anqaradagi elchixonasi kecha, 14 noyabr kuni bayonot berib, terrorizmning barcha ko‘rinishlarini qoralashini va unga qarshi kurashishda Turkiya bilan hamkorlik qilishini bildirdi. Shu shaklda Amerika diplomatik missiyasi shu kuni Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluning Anqara 13 noyabr kuni Istanbuldagi terakt munosabati bilan elchixonaning hamdardliklarini qabul qilmasligi haqidagi bayonotlariga javob qaytardi.
“AQSH terrorizmning barcha ko‘rinishlarini keskin qoralaydi va unga qarshi kurashda NATO bo‘yicha qimmatli hamkori Turkiya bilan hamjihatlikda harakat qiladi”, deyiladi elchixona bayonotida.
Gap shundaki, Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu esa Istanbulda yuz bergan teraktda AQSHni ayblab, ushbu davlatdan va uning Turkiyadagi elchixonasidan ta’ziya kutmasligi, aksincha, har qanday hamdardlikni rad etishini ma’lum qildi.
“Biz Amerika elchixonasining hamdardligini qabul qilmaymiz, rad etamiz. Albatta, Kobani (Suriya) va terror hududlarini oziqlantiradigan bu tushunchaga o‘z Senatlaridan pul jo‘natib, Turkiya tinchligini u yerdan buzishga urinayotgan bir davlat bilan ittifoqchiligimiz, albatta, muhokama qilinishi kerak.
Biz hech kimga dushman emasmiz, birovning yerida ko‘zimiz yo‘q, hech kimga xiyonat qilmaymiz, lekin shuni aytmoqchimanki, bu xiyonatlarga chidashga sabrimiz tugadi.
Albatta, muvaffaqiyatli operatsiya bilan terrorchilar qo‘lga olindi. Agar biz ularni tutmaganimizda, bugun Gretsiyaga yashirincha olib o‘tishardi”, deydi vazir Soylu.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 noyabr kuni tushdan keyin Istanbulning Beyo‘g‘li tumanidagi sayyohlar gavjum va mashhur Istiqlol ko‘chasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq kishi jarohatlangan. Jarohatlanganlarning 50 nafariga shu kunning o‘zida shifokorlar uyga ketishga ruxsat bergan. 31 kishi shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafari o‘tar og‘ir ahvolda. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an voqeada terror izi borligini aytdi.
Ko‘p o‘tmay, teraktning ijrochisi – arab millatiga mansub ayol Ahlam Albashir Istanbul politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi. Ko‘chaga bombani joylashtirib, o‘zi g‘oyib bo‘lgan ayol Suriya fuqarosi ekani ma’lum bo‘lgan. U ko‘rsatmalarida Kurdiston Ishchi partiyasi, Xalq o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari va Demokratik ittifoq terror tashkilotlari tomonidan maxsus razvedka xodimi sifatida ta’lim olganligini va Afrin orqali noqonuniy yo‘llar bilan Turkiyaga kirganini tan olgan.
U Suriyaning Kobani shahridagi yuqori nomlari keltirilgan terrorchilik tashkilotilari qarorgohidan kecha, 13 noyabr kuni portlashni amalga oshirish haqida buyruq olgani va soat 16:20 atrofida uni sodir etib, qochganini bayon qilgan.
LiveBarchasi