AQSH Turkiyaga qarshi sanksiya joriy qildi. Ikki vazir ro‘yxatdan joy oldi

Olam

image
Erdo‘g‘an NATOga Turkiya yoki terrorchilarni tanlashni taklif qildi north_east

Erdo‘g‘an NATOga Turkiya yoki terrorchilarni tanlashni taklif qildi

AQSH Turkiyaga Suriya shimolidagi harbiy operatsiya sabab ilk sanksiyalarni joriy qildi. Bu haqda Amerika Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Sanksiyalar ro‘yxatiga Turkiyaning Energetika va Mudofaa vazirliklari kiritildi. Uch nafar amaldor: Turkiya Bosh shtabi sobiq qo‘mondoni Xulusi Akar, Energetika vaziri Fotih Donmez hamda yetakchi “Adolat va taraqqiyot” partiyasi raisi o‘rinbosari, Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu sanksiyalar ro‘yxatidan joy oldi.

AQSH Prezidenti Donald Tramp Turkiyaga qarsh sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi hujjatni imzolashi haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahiasida ma’lum qilgandi. U rasmiy Anqaraga qarshi sanksiyalar amaldorlarga aloqador bo‘lishini ta’kidlagandi. Shuningdek, Turkiya po‘latiga bojni 50 foizga ko‘tarishi, ikki davlat o‘rtasidagi savdo kelishuvlarini to‘xtatib qo‘yishini qayd etgandi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya joriy yilning 9 oktyabr kuni Suriya shimolida “Tinchlik bulog‘i” harbiy operatsiyasini boshladi. Harbiy amaliyot kurd harbiy tuzilmalariga qaratilgan. Biroq mazkur amaliyot Suriyada yangi qochqinlar oqimini yuzaga keltirdi.

Suriya Hukumati Turkiya hujumlarining beshinchi kunida ularga qarshilik ko‘rsatishga qaror qildi. Suriya qo‘shinlari Halabdan shimolroqdagi Manbijga joylashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya sanktsiya

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing