Erdo‘g‘an NATOga Turkiya yoki terrorchilarni tanlashni taklif qildi
Jamiyat
−
14 Oktabr 2019
5886Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an NATO Turkiyaga zururiy yordam bermayotganini tanqid qilib, tashkilot oldiga Anqara yoki terrorchilar tarafini tanlash masalasini ko‘ndalang qo‘ydi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
“Biz NATO a’zolarimiz. Tashkilot nizomining 5-moddasida a’zolarning birortasiga hujum qilinsa, barcha a’zolardan javob qaytarish nazarda tutiladi. Biz terrorchilik tashkiloti tahdidiga duchor bo‘lmoqdamiz 5-moddaga binoan, NATO biz bilan bo‘lishi shart. Siz biz bilan bo‘lasizmi yoki terrorchilar bilan? Ular bu savolga aniq javob bermayapti”, deydi Prezident jurnalistlar bilan muloqotda.
Erdo‘g‘anning fikricha, bo‘layotgan voqealar Turkiya NATOning yagona musulmon mamlakat o‘laroq a’zoligi bilan bog‘liq.
Turkiya rahbari so‘zini davom ettirarkan, Germaniya kansleri Angela Merkel va u bilan telefon orqali muloqot qilgan Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson “noto‘g‘ri ma’lumotlarning jiddiy bosimi ostida” ekanini aytdi.
9 oktyabr kuni Turkiya rahbari Suriyaning shimolida Kurdiston Ishchilar partiyasi (PKK) va ISHIDga qarshi operatsiya boshlanganini e’lon qildi.
LiveBarchasi