AQSH “Tolibon” qo‘liga o‘tgan Afg‘onistondan 6 ming kishini olib ketdi

Olam

image

AQSH Afg‘oniston hududidan joriy yilning 14 avgustidan beri qariyb 6 ming kishini evakuatsiya qildi. Bu haqda Oq uy vakili jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

Oq uyning ma’lum qilishicha, 17 avgust kunining o‘zida AQSH o‘nlab C-17 samolyotlarida 1,8 ming kishini evakuatsiya qilgan.

“Joriy yilning 17 avgust kuni kechqurun AQSH harbiylari 1,8 ming kishini, 14 avgustdan buyon esa deyarli 6 ming kishini C-17 samolyotida evakuatsiya qildi”, deya ma’lum qilgan Oq uy vakili. 

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. Ular esa bir vaqtlar mavjud bo‘lgan Afg‘oniston Islom Amirligini qayta tuzmoqchi. Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi.

Ashraf G‘ani mamlakatni tark etganidan so‘ng, u Tojikiston, Omon va O‘zbekistonda ekani aytildi. Biroq, yakunda ularning hech biri o‘z tasdig‘ini topmadi. Kecha, 18 avgust kuni esa, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Ashraf G‘ani va uning oila a’zolariga boshpana bergani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh evakuatsiya

Baholaganlar

224

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing