AQSH Tayvan masalasida Britaniya bilan hamkorlik qilmoqchi
Olam
−
01 may 2022
11258Amerika Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniya joriy yil mart oyi boshida Xitoy bilan Tayvan uchun urush ehtimolini kamaytirish doirasida hamkorlik qilish masalasida yopiq eshiklar ortida muzokaralar o‘tkazgan. Bu haqda “Financial Times” gazetasi manbalarga tayanib xabar bergan.
Vaziyat bilan tanish bo‘lgan uch kishining so‘zlariga ko‘ra, AQSH Yevropa ittifoqchilari bilan hamkorlikni kuchaytirishni istaydi. Ta’kidlanishicha, Vashington Yaponiya va Avstraliya ishtirokidagi masalani chuqur muhokama qilish doirasida Buyuk Britaniya bilan muloqotga kirishgan.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, AQSH ma’muriyati o‘zining bir qator ittifoqchilariga Tayvan haqidagi ba’zi razvedka ma’lumotlarini taqdim etmoqda.
Qo‘shma Shtatlar Tayvan bilan rasmiy aloqalarga ega emas, lekin uning eng muhim xalqaro tarafdori va qurol yetkazib beruvchisi hisoblanadi. AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati orolni qo‘llab-quvvatlashi haqida bir necha bor gapirgan, bu esa allaqachon yomon bo‘lgan Xitoy-Amerika munosabatlarini keskinlashtirgan.