AQSH tarixida ilk bor mamlakatni ayol kishi boshqardi
Olam
−
20 noyabr 2021 15909 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 19 noyabr kuni 1 soatu 25 daqiqaga umumiy behushlik ostida o‘tkazilgan kolonoskopiya muolajasi tufayli o‘z vakolatlarini vitse-prezident Kamola Xarrisga topshirdi. Shu tariqa, Qo‘shma Shtatlar tarixida birinchi marta ayol kishi mamlakatni boshqardi.
Jarayon Vashington yaqinidagi Uolter Rid tibbiyot markazida bo‘lib o‘tdi. Tekshiruv yo‘g‘on ichakdagi anomaliyalarni aniqlashga qaratilgan bo‘lib, bugun, 20 noyabr kuni 79 yoshga to‘lgan Prezidentning tibbiy ko‘rikdan o‘tishining birinchi qismi hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, bir soatdan ortiq vaqt davomida mamlakatni boshqargan Kamola Xarris Oq uyning G‘arbiy qanotidagi ofisidan turib ishlagan.
AQSH tarixidagi eng keksa Prezident bo‘lgan Bayden 2024 yilda qayta saylanishni rejalashtirayotganini ochiq e’lon qilgan. Biroq, ba’zi ekspertlarning fikricha, u ushbu sanadan oldin iste’foga chiqishi mumkin.
Agar Jo Bayden qayta saylanmasa, 57 yoshli Kamola Xarris Demokratik partiyadan nomzod bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, sobiq Prezident Donald Trampning sobiq Matbuot kotibi Stefani Grishem yaqinda chop etilgan kitobida respublikachi milliarder ham prezidentlik davrida kolonoskopiyadan o‘tganiga, biroq bu jarayonni sir tutganiga sha’ma qilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025