AQSH Suriyaning bir qismini “kesib” olmoqchi – Lavrov

Olam

image

AQSH Suriyaning Frot daryosidan sharqda joylashgan hududlarini ajratib olib, u yerda kvazidavlat tuzish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilyapti, deb ta’kidlamoqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Parij Tinchlik forumida.

“AQSH ushbu hududni Suriyadan ajratib, u yerdagi neft zaxiralarini nazoratga olish uchun Suriya demokratik kuchlari, kurdlarning o‘z-o‘zini mudofaa qilish otryadlari asosida mahalliy ma’muriyatni tuzish maqsadida Ko‘rfaz (Fors ko‘rfazi) davlatlaridan investitsiya ajratishni so‘rayapti”, dedi Lavrov.

Vazir, shuningdek, Amerika rasmiy Damashq nazoratidagi hududlarning tiklanishi uchun ittifoqchilari investitsiya kiritishini ham taqiqlayotganini iddao qildi.

Ma’lumot uchun, Suriyada qurolli mojaro 8 yildirki davom etib keladi. So‘nggi marta vaziyat Turkiya Suriya shimoli-sharqida “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasini boshlaganida keskin tus oldi. AQSH bu operatsiyada qatnashmasligini va o‘z qo‘shinlarini olib chiqishini ma’lum qildi.

Keyinroq AQSH vositachiligida Turkiya va kurdlar o‘rtasida kelishuvga erishildi. Kurd otryadlari Suriya shimolidagi “bufer zona”ni tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Sergey Lavrov

Baholaganlar

138

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing