AQSH Suriyadan barcha qo‘shinlarini olib chiqishni rejalashtirmoqda

Olam

image

AQSH yaqin ikki oy ichida Suriyadagi 1000 nafar askarini to‘liq olib chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun, 19 fevral kuni “Al Arabiya” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH Suriya hukumati ustidan nazoratni kengaytirgani, ISHIDga qarshi kurashda muhim rol o‘ynagan Suriya Demokratik Kuchlari rasmiy Damashq bilan kelishuvga erishgani ortidan mamlakatdagi harbiy ishtirokini yakunlashga qaror qilgan.

So‘nggi vaqtlarda AQSH kuchlari Suriyadagi ayrim harbiy bazalar, jumladan, Al-Tanf va Ash-Shadodiydan chiqib ketgan edi. Ushbu bazalar ISHIDga qarshi xalqaro koalitsiya faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.

Shuningdek, AQSH 2024 yil oxirida Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilgach, Suriyaning yangi rahbariyati bilan aloqalarni yaxshilagan. Minglab ISHID jangarilari Suriya qamoqxonalaridan Iroqdagi xavfsiz joylarga ko‘chirilgan.

Biroq, AQSH mintaqadagi harbiy faoliyatini butunlay to‘xtatgani yo‘q. Xabarlarga ko‘ra, Vashington Eron yaqinida harbiy salohiyatini kuchaytirmoqda. AQSH OAVlari shu hafta oxirigacha Eronga qarshi ehtimoliy zarbalar berilishi mumkinligi haqida yozmoqda, biroq Prezident Donald Tramp yakuniy qaror qabul qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iroq hukumati Suriya qamoqxonalaridan taxminan 3000 nafar “Islomiy davlat” (ISHID) a’zosini ko‘chirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya IShID Bashar Asad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing