AQSH Suriyada “Al-Qoida” rahbarini yo‘q qildi 

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriyada havo hujumi uyushtirdi, oqibatda “Al-Qoida” terrorchilik guruhining yuqori martabali rahbari o‘ldirildi. Bu haqda AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi xabar bergan.  

"Bugun Suriyaning shimoli-g‘arbiy qismida amalga oshirilgan havo hujumida “Al-Qoida”ning yuqori martabali yetakchisi Abdul Hamid al-Matar halok bo‘ldi. Bizda havo hujumida yaralangan tinch aholi haqida ma’lumot yo‘q. Havo hujumi MQ-9 (dron) yordamida amalga oshirildi”, deyilgan qo‘mondonlik xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyi oxirida AQSH harbiylari Suriyaning shimoli-g‘arbida “Al-Qoida” guruhi rahbarlaridan biriga hujum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya

Baholaganlar

385

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing