AQSH Suriya-Iroq chegarasiga aviazarba berdi
Olam
−
18 iyul 2021
6848AQSH Harbiy havo kuchlari Iroq va Suriya chegarasidagi shia muxolifatchilari “Al-Xashd ash-Shaabi” pozitsiyalariga hujum qildi. Bu haqda “Al Hadath” telekanali xabar qildi.
Uning manbalariga ko‘ra, shif muxolifatchilarining quro tashiyotgan 14-brigadasi transport vositalariga hujum qilingan. “Al-Xashd ash-Shaabi” jangarilari orasida qurbonlar yoki yaralanganlar borligi haqida ma’lumot mavjud emas.
Ayni paytda Suriya davlat axborot agentligi SANA ma’lumotiga ko‘ra, Iroq bilan chegaradagi Deyr az-Zor viloyatidagi Bu kamol shahri yaqinida oziq-ovqat olib ketayotgn yuk mashinasi ham hujumga uchragan. Hujum natijasida transport vositasi vayron bo‘lgan, jabrlangan haqida ma’lumot yo‘q.