AQSH sudi Trampning da’vosini rad etdi 

Olam

image

AQSH okrug sudyasi sobiq Prezident Donald Trampning Twitter kompaniyasiga qarshi da’vosini rad etdi. Bu haqda sud qaroriga tayanib, “Reuters” xabar bergan.  

Sudya Trampning go‘yoki Twitter uning so‘z erkinligi huquqini buzgani haqidagi da’vosini e’tiborsiz qoldirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yil boshida Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoq platformalari Trampga o‘z xizmatlarini taqiqlab qo‘ydi. Bunga uning tarafdorlari to‘dasi Kapitoliyga hujum qilgani sabab bo‘lgan. Hujum Trampning saylovdagi mag‘lubiyati katta firibgarlik tufayli bo‘lganini da’vo qilgan nutqidan keyin amalga oshirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 6 yanvarida AQSHning o‘sha paytdagi Prezidenti respublikachi Donald Tramp tarafdorlari 2020 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi natijalarini tasdiqlashga to‘sqinlik qilish maqsadida Kongress binosiga bostirib kirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Tramp

Baholaganlar

130

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing