AQSH SSV Bayden bilan ishlashdan bosh tortdi

Olam

image

AQSH Sog‘liqni saqlash vaziri Aleks Azar Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden va uning jamoasi bilan saylovlarning yakuniy natijalariga qadar ishlashdan bosh tortdi. Bu haqda CNN xabar bergan. 

Azarning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlik Baydenning g‘alabasi AQSH Umumiy xizmatlar ma’muriyati tomonidan tan olingandan keyingina mumkin bo‘ladi. 

"Biz juda aniq tushuntirdik. Qachonki, AQSH Umumiy xizmatlar ma’muriyati qaror qabul qilsa, o‘shanda biz birgalikda ishlashni to‘la ta’minlaymiz", degan Sog‘liqni saqlash vaziri.

Bayden Oq uy apparati boshlig‘i etib tayinlagan Ron Klaynning aytishicha, AQSH Umumiy xizmatlar ma’muriyati keyingi haftada hokimiyat almashishini ma’qullashi kutilmoqda.

AQSHda prezidentlik saylovi 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Mavjud dalillarga asoslanib, Amerikaning yetakchi OAVlari Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Ko‘plab davlat yetakchilari uni g‘alaba bilan tabriklamoqda. Shu bilan birga, Tramp saylovlar hali tugamaganligi, sudda o‘z g‘alabasini himoya qilmoqchi ekanligini aytmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Aleks Azar Bayden

Baholaganlar

387

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing