AQSH Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni to‘xtatishi kerak – Xitoy

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalar bosimini to‘xtatib, Koreya yarim orolini yadrosizlantirishga nisbatan o‘z munosabatini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning brifingda ma’lum qildi.

"2018 yildagi muzokaralar jarayoni AQSHning KXDR tomonidan ko‘rilayotgan yadrosizlanish choralariga to‘g‘ri javob bermagani sababli to‘xtab qoldi. Qo‘shma Shtatlar xatolari haqida o‘ylashi, masalaga mas’uliyat bilan yondashishi, sanksiyalar va harbiy to‘siqlarni to‘xtatishi, ammo muloqotni davom ettirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rishi kerak”, degan Xitoy TIV rasmiy vakili.

Qayd etish joizki, 2018 yilning iyun oyida Singapur tarixda ilk bor AQSH va KXDR sammitiga mezbonlik qilgan va uning yakunida qo‘shma hujjat qabul qilingan. Shundan so‘ng Pxenyan Vashingtondan xavfsizlik kafolatlari evaziga Koreya yarim orolini yadrosizlantirish majburiyatini olgan. 2019 yilning 27-28 fevral kunlari esa Vetnamda KXDR-AQSH ikkinchi sammiti bo‘lib o‘tgan. O‘shanda AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp va Kim Chen In bir necha uchrashuvlardan so‘ng kelishuvga erisha olmagan va qo‘shma hujjat imzolamagan.

Ma’lumot uchun, BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan Shimoliy Koreyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar qatoriga tabiiy gaz ta’minotiga embargo va qayta ishlangan neft mahsulotlari eksportini cheklash kabi ko‘plab choralar kiradi. Shuningdek, mamlakatdan dengiz mahsulotlari, to‘qimachilik, ko‘mir, temir rudasi, boshqa xom ashyo va foydali qazilmalar sotib olish, ishchi kuchini eksport qilish taqiqlangan. Taxminlarga ko‘ra, ushbu cheklovlarning barchasi KXDRni xom ashyo va tovarlar eksportidan keladigan daromadning 90% dan ko‘prog‘idan mahrum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq G7 davlatlari, Yevropa Ittifoqi va yana uch davlat (Avstraliya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya) Xitoydan Shimoliy Koreyaga BMT sanksiyalaridan qochishga, xususan, Xitoy hududiy suvlaridan foydalanishga yordam bermaslikni so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing