AQSH Shimoliy Koreya raketalarini Rossiyaga olib o‘tganlarni jazoladi

Olam

image

AQSH Davlat departamenti Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun Shimoliy Koreyadan ballistik raketalarni Rossiya armiyasiga o‘tkazish bilan shug‘ullangan uch rus tashkiloti va bir shaxsga qarshi sanksiyalar e’lon qildi. Bu haqda Davlat departamenti press-relizida keltirilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, cheklovlarga davlat aviakompaniyasining "224-reys otryadi" aksiyadorlik kompaniyasi va uning bosh direktori Vladimir Mixeychik, shuningdek, Astraxan viloyatidagi Vladimirovka va Ashuluk raketa poligonlari kiradi.

Hujjatda qayd etilganidek, sanksiyalar 2023 yil noyabr va dekabr oylarida KXDRdan ballistik raketalar va tegishli yuklarni tashish bilan shug‘ullangan Rossiyaning to‘rtta Il-76 va An-124 transport samolyotlariga ham tegishli.

“Shimoliy Koreya raketalarining uzatilishi Rossiya harbiy agressiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, Ukraina xalqining azobini oshiradi va yadroviy qurollarni tarqatmaslikning global rejimiga putur yetkazadi”, deydi AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken.

Blinkenning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar ushbu qurollar evaziga Rossiyaning KXDRga ko‘rsatilayotgan har qanday yordamini diqqat bilan kuzatishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Rojdestvo bayramidan so‘ng Rossiya Kiyev, Xarkov va Ukrainaning boshqa shaharlariga barcha turdagi raketalar va hujumchi dronlardan foydalangan holda hujumlarning eng yirik to‘lqinlarini amalga oshirdi. 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, 29 dekabrdan beri Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga 300 ga yaqin raketa otgan hamda 200 dan ortiq uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qilgan.

Shuningdek, 50 ga yaqin davlatdan iborat guruh Shimoliy Koreyaning Rossiyaga raketalarini yetkazib berish va ulardan Ukrainaga qarshi foydalanishini qoralab chiqqandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shimoliy Koreya ballistik raketa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made