AQSH senatori Samarqandda Turdimov bilan uchrashdi 

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bo‘lib turgan Amerika Qo‘shma Shtatlari senati Milliy xavfsizlik va hukumat ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Gari Piters Samarqandga bordi. Bu haqda viloyat hokimi matbuot kotibi Manuchehr Mirzayev xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 26 avgust kuni AQSH senatori Gari Piters Samarqandga bordi. U boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini viloyat hokimi Erkinjon Turdimov kutib olgan.


  
Mehmonlar shaharning qadimiy me’moriy obidalari va tarixiy maskanlariga sayohat uyushtirgan. Dunyoga mashhur Registon maydonidagi Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalarining mahobati mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gari Piters boshchiligidagi AQSH delegatsiyasini qabul qilgan edi. Shuningdek, Senator Gari Piters Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘lgan edi. Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda amaliy hamkorlikni, eng avvalo, ikki mamlakatning parlamentlararo muloqoti doirasida kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Samarqand Erkinjon Turdimov Gari Piters

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing